Facebook messenjeri foydalanuvchilari soni 900 mln dan oshdi

Facebook messenjeri foydalanuvchilari soni 900 mln dan oshdi

Facebook messenjerining bir oylik faol foydalanuvchilari soni 900 mln ga yetdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning sahifasida messenjer rahbari Devid Markus ma’lum qildi.

Bu rekorddan tashqari, messenjer “do‘stlar va kompaniyalar bilan tez va oson muloqot qilish uchun” yangi funksiyalar kiritilganini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoq oluvchiga biriktirilgan unikal barkodlar, nomlar va havolalar kiritdi.

Dastur yaratuvchilarining ta’kidlashicha, messenjerning bunday imkoniyatlari ijtimoiy tarmoqning nafaqat individual foydalanuvchilari, balki Facebook’da sahifasiga ega kompaniyalar bilan ham tezkor bog‘lanishga yordam beradi.

Bundan avval Facebook rahbari Mark Sukerberg jonli efirda ijtimoiy tarmoqning yangi funksiyasi – Facebook Live haqida ma’lumot bergandi.

Manba: Kun.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!