Facebook «mobil» YouTubeni sinovdan o‘tkazmoqda

Facebook «mobil» YouTubeni sinovdan o‘tkazmoqda

Dunyoning eng mashhur ijtimoiy tarmoqlaridan biri sanalmish Facebook o‘z foylanuvchilari uchun bir talay interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish harakatida. Shu kunlarda Mark Sukerberg  kompaniyasi yana bir yangilik ustida ishl olib borayotgani haqida xabarlar tarqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Facebook tasma yangilanishlari uchun maxsus ilovaning sinovlarini o‘tkazmoqda. Bu tasma “mobil” YouTubeni yodga soladi.

Videotasma ilovasi Messenger o‘rniga joylashadi.

Mazkur videotasmada do‘stlaringiz siz bilan “baham ko‘rgan” videolar bo‘ladi.

Bundan tashqari, u yerdan siz “obuna” bo‘lmagan akkauntlar roliklari ham joy olishi mumkin.

Facebook kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarini qulay oinada kichik o‘lchamli videolarni ko‘rish imkonini beruvchi yangi funksiyalar bilan xursand qilmoqchi.

Shuningdek, Facebook foydalanuvchiga manzur bo‘lgan roliklarni alohida lentada belgilab qo‘yuvchi “Saqlash” tugmachisini yaratishni ham rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.