Facebook navbatdagi qattiq zarbaga uchradi

Facebook navbatdagi qattiq zarbaga uchradi

Taniqli realiti shou boshlovchisi, Kardashianlar oilasi vakili Kim Kardashian Uest (Kim Kardashian West) Instagram va Facebook platformalarini «nafrat yoyilishiga» yo‘l qo‘yishda aylab, o‘zining har ikki platformadagi akkauntlarini muzlatishini ma’lum qildi.

Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Bir qator aktyorlar, jumladan, Kerri Vashington, Jennifer Lourens, Sasha Baron Koen va Mark Rufallolar #StopHateForProfit (#DaromadUchunNafratniTo‘xtat) aksiyasiga qo‘shilib, Facebook'ni siyosiy nafrat yoyilishini to‘xtatishga yanada ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.

Realiti shou yulduzi Kardashian Uest ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri ma’lumotni targ‘ib etuvchi postlar AQShdagi saylovlarga «jiddiy ta’sir o‘tkazib, demokratiyaga raxna sol»ishi haqidagi o‘z fikrlarini ma’lum qildi.

Instagram'da 188 million folloverga ega yulduz, shuningdek, Facebook tarmoqdagi nafrat nutqlarini nazorat qila olmayotgani bois boshqalarni ham o‘z akkauntini muzlatishga chaqirdi.

Kardashian Uest Twitter'da shunday tvit qoldirdi: «Sizlar bilan Instagram va Facebook orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lana olishim menga yoqadi, biroq bu platformalar — odamlar vafotidan keyingina harakatga tushgan, bo‘linish urug‘ini sochib, Amerikani parchalab yuborish maqsadidagi guruhlar sabab yuzaga kelgan — nafrat, propoganda va noto‘g‘ri informatsiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘yib berishda davom etayotgan bir paytda, men bunga jim qarab tura olmayman».

Kardashian Uest o‘z Instagram akkauntini chorshanba kundan boshlab muzlatishini aytib, #StopHateForProfit heshtegi ostida post qoldirdi. Bu heshteg ijtimoiy tarmoq kompaniyalarini tanqid qilib kelayotganlar tomonidan faollashtirilgan.

Instagram'da Kardashian Uestga 188 million obunachi ergashadi, Facebook'da bo‘lsa uning sahifasiga 29 milliondan ortiq layk bosilgan.

«Daromad Uchun Nafratni To‘xtat» aksiyasi shu yil iyul oyida boshlangan. Hozirda bu aksiyaga bir qator yirik kompaniyalar ham qo‘shilgan va ular o‘z reklamalarini Facebook'ka joylashga boykott qo‘ygan.

Instagram'ga ham egalik qiluvchi Facebook tarmoqda dezinformatsiya tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani haqida ilgariroq ma’lum qilgandi.

Voqealar rivoji uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Bugun hech kimning tug‘ilgan kuni emas! Buni hammaga tarqating va «bonus»ga ega bo‘ling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!