Facebook’ning eng keng tarqalgan muammolarini yangi plagin hal etadi

  •   DiMaX
  •  1010
  •  16.10.2017 12:56

Facebook’ning eng keng tarqalgan muammolarini yangi plagin hal etadi

Facebook’dan foydalanayotganingizda, ko‘plab jig‘ingizga teguvchi holatlarga duch kelasiz: spamlar, turli guruhlarga qo‘shib qo‘yishlar, yangiliklar tasmasining tartibsiz aks etishi kabi. Nihoyat, bularning barchasidan xalos etuvchi kengaytma yaratildi, deb yozadi Layfxaker nashri.

Maks Fray nikli dasturchi anchadan beri Facebook ishini yaxshilovchi turli skriptlar yozish bilan shug‘ullanib keladi. Avvaliga u bularni faqat o‘zi uchun, shaxsiy foydalanish maqsadlarida tayyorlagan. Keyinchalik esa, dasturchi bu ishlanmalarini boshqalar bilan bo‘lishishga qaror qilgan.

Shu maqsadda u o‘z skriptlari asosida Chrome brauzeri uchun kengaytmalar yaratgan va ularni bepul ko‘chirib olish imkoni bilan Chrome Web Store katalogiga joylagan.

Mana, Facebook’dagi yangiliklar tasmasini sozlash uchun Maks Fray yaratgan ushbu kengaytma uddalay oladigan vazifalar quyidagilardan iborat:

  • reklama publikatsiyalarini, videoli postlarni, do‘stlar belgilangan publikatsiyalarni va do‘stlik takliflarini yashirish;
  • o‘zingiz belgilab qo‘ygan miqdordan kam sonli layk to‘plagan yozuvlarni ko‘rsatmaslik;
  • siz ko‘rsatgan so‘zni o‘z ichiga olgan publikatsiyalarni yashirish;
  • faqat tanlangan do‘stlarninggina postlarini ko‘rsatish.

Mazkur plaginning SMM-faollik bilan bog‘liq funksiyalari ham anchagina foydali. Axir, unda barcha do‘stlik takliflarini, faolligi past bo‘lgan akkauntlar va botlarga obunani bitta chertishda bekor qilishga, shuningdek, barcha ommaviy guruhlarni tark etishga yordam beruvchi sehrli tugmachalar bor-da.

Ushbu kengaytmani Chrome brauzeringizga mana bu havola orqali yuklab olib o‘rnatishingiz mumkin.

Maks Fray mazkur ishlanmasiga yaqin orada boshqa foydali funksiyalarni ham qo‘shish niyatida. Bundan tashqari, uning Opera brauzeriga mo‘ljallangan talqinini ham chiqarishni rejalashtirgan. Ulardan boxabar bo‘lish uchun bizni muntazam kuzatib boring.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!