Facebook nomini o‘zgartirdi. Endi u qanday ataladi?

Facebook nomini o‘zgartirdi. Endi u qanday ataladi?

 

Facebook nomini o‘zgartirdi

"Facebook" kompaniyasi nomi o‘zgardi. Bugundan boshlab endi u "Facebook" emas, balki "Meta". Nomning o‘zgarishiga asosiy sabab – kompaniya bir qator bir-biriga bog‘liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Sukerberg.

"Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o‘rnini egallaydi", - deya da’vo qildi u.

Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog‘liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi "Meta" bilan bog‘liq bo‘ladi.

"Meta"ning asosiy xizmati – "Facebook" o‘z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o‘zgarishi sizning "Facebook"dagi faoliyatingizga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!