«Facebook tarmog‘iga ulanishdagi muammolarga «O‘zbektelekom"ning aloqasi yo‘q» — kompaniya

«Facebook tarmog‘iga ulanishdagi muammolarga «O‘zbektelekom

O‘zbekistonda Facebook foydalanuvchilari qariyb bir haftadan buyon ommabop ijtimoiy tarmoqqa ulanishda muammolarga duch kelmoqda. «O‘zbektelekom» kompaniyasi matbuot xizmati saytning bloklangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi Gazeta.uz.

«„O‘zbektelekom“ tomonidan hech qanday muammo yo‘q. Barchasi shtat rejimida ishlamoqda. Kompaniya Facebook tarmog‘iga ulanishdagi muammolarga aloqador emas», — dedi matbuot xizmati vakili.

Facebook tarmog‘iga ulanishdagi muammolar sababli VPN-ilovalar foydalanuvchilari soni ortmoqda.

E’tiborlisi, davlat tuzilmalari (vazirlik, hokimiyat va boshqalar), shuningdek hukumat va joylardagi mahalliy hokimiyat organlari (bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar) jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatilgan yagona kanal hisoblangan Facebook`da ma’lumotlarni e’lon qilib bormoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!