Facebook, TikTok, Telegram kabilar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirmasa, javobgarlikka tortiladi!

  •   DiMaX
  •  526
  •  12.05.2021 16:49

Facebook, TikTok, Telegram kabilar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirmasa, javobgarlikka tortiladi!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston qonunining ijrosini o‘rganishga bag‘ishlangan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

O‘QING: Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

Mazkur nazorat-tahlil tadbirida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasi hamda ushbu hujjatning 2021 yil 15 aprel kuni kuchga kirishi nazarda tutilgan 271-moddasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot eshitilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar O‘zbekistonda qonuniy faoliyat yuritishni istasa, o‘z texnik vositalarini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishi shart yoki belgilangan tartibda ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Davlat personallashtirish markazi direktori Ulug‘bek Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda markaz tomonidan bugungi kunga qadar bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, shaxsga doir ma’lumotlarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda ularni jisman O‘zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda yig‘ilishi va saqlanishini ta’minlash maqsadida Facebook Inc (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), «Mail.ru» («VKontakte», «Odnoklassniki»), Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex («Yandeks.Taksi», «Yandeks.Xarita», «Yandeks.Messenjer», «Yandeks.Dengi») kompaniyalariga qonunchilik talablarini bajarish haqida murojaat xatlari yuborilgan.

O‘QING: Tekshirib ko‘ring: Facebook’dan sizning telefon raqamingiz ham o‘g‘irlanganmi?

Shu bilan birga, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasi talablarining ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan «Pd.gov.uz» axborot tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operatorlarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Deputat Shuhrat Sharafutdinov qonunchilikka bunday normalarning kiritilishi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat ekanligini aytib, bu huquq Konstitutsiyaning 13- va 27-moddalarida mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlagan.

Deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mazkur ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli kiberhujumlar uyushtirib kelinmoqda. Natijada O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari ham o‘g‘irlangan. Shunga qaramasdan, qonun normasi kuchga kirganiga 1 oy bo‘lgan bo‘lsa-da, vakolatli davlat organi tomonidan mazkur soha bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan natijalarga erishilmaganligi deputatlarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!