Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook foydalanuvchilarining 45% ida yangiliklar lentasi yangilanmayapti, 19% i o‘zlarining akkauntlariga kira olmayapti, 34% ida esa tarmoq butunlay ishlamayapti.

Dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi nosozliklar haqida shikoyat qilmoqdalar. Downdetector sayti ma’lumotlariga ko‘ra, buzilishlar 25 oktyabrga o‘tar kechasi boshlangan.

AQSh, Kanada va Kuba foydalanuvchilarida Facebook ochilmayapti. Instagram bilan bog‘liq muammolar esa AQSh, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Germaniya, Polsha, Kuba va Rossiyada kuzatilmoqda.

Downdetector Facebook foydalanuvchilarining 45 foizida yangiliklar lentasi yangilanmayotgani, 19 foizi o‘z akkauntlariga kira olmayotganliklari va 34 foizida ijtimoiy tarmoq to‘liq ishlamayotganini qayd etdi.

Instagram foydalanuvchilarining 83 foizi yangiliklar lentasini ko‘ra olmayapti, 7 foizida foydalanuvchilar qo‘ygan hikoya-postlar ochilmayapti, 9 foizida esa veb-sayt ishlamayapti.

Husan Qodirov tayyorladi. 

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!