Facebook va Instagram O'zbekistonda bloklanadimi?

Facebook va Instagram O'zbekistonda bloklanadimi?

Bugun, 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari, Komil Allamjonov dunyoga mashhhur Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarining bosh kompaniyasi bo'lmish Meta'ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo'yicha vitse-prezidenti Saymon Miller, hamda, kompaniyaning Boshqaruv direktori, Xitoy, Mo'g'uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo'yicha rahbari Jorj Chen bilan uchrashganligi ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, uchrashuvda O'zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilingan.

"Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga, va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat", deydi Allamjonov.

Bundan avval, Meta kompaniyasi Facebook va Instagram'da ayollarga siynalarini ochib tushgan suratlarini joylashga ruxsat berishi xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu xabardan keyin platformalar O'zbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Komil Allamjonovning Meta bilan hamkorlik uchrashuvi esa, ehtimol, ushbu mish-mishlarga yakun yasadi – O'zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirar ekan Facebook va Instagram hali O'zbekistonda uzoq yashaydi.

O'QING: Qanday qilib Instagram akkauntni to‘liq o‘chirib yuborish mumkin?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!