Facebook va Instagram platformalari Yevropa Ittifoqi davlatlarida o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin

Facebook va Instagram platformalari Yevropa Ittifoqi davlatlarida o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin

Yevropa Ittifoqining yangi qonuni ittifoq doirasida foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘playdigan kompaniyalardan ushbu ma’lumotlarni Yevropa serverlarida saqlash va qayta ishlashni talab qiladi.

Facebook va Instagram'dagi ma’lumotlar ham AQSh, ham Yevropa serverlarida qayta ishlanadi, bu esa reklama va ushbu ijtimoiy platformalarda faoliyat yurituvchi bizneslar uchun juda muhim hisoblanadi. 

Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga taqdim etilgan hisobotda agar Meta Yevropa Ittifoqining yangi qoidalariga rioya qilmasa, ittifoq doirasida o‘zining Facebook va Instagram xizmatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

Meta kompaniyasining global masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Nik Klegg esa bu kompaniya taqdim etayotgan xizmatlar va reklamalarga tayanadigan Yevropa Ittifoqidagi ko‘plab korxonalar uchun zararli bo‘lishini ta’kidlamoqda.

O‘tgan haftada Meta aksiyalari 25% ga pastlab ketgan edi. Bu kompaniyani o‘z qarashlaridan chekinib, yanada foydali kelishuvlarga erishishiga turtki bo‘lmoqda. 

O‘QING: App Store va Google Play Store damini olsin! Tesla o‘zining ilovalar do‘konini chiqaradi!