Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

  •   DiMaX
  •  566
  •  07.05.2021 12:21

Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

Yaqinda Mark Sukerberg o‘zining kompaniyasiga qarashli Messenger yoki WhatsApp emas, balki raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘lgan edi. Endi o‘sha Signal messenjeri foydalanuvchilarga Facebook ular haqida qanday ma’lumotlarni to‘plashini ko‘rsatdi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Facebook Messenger’ingiz bormi? Kiberhujumga tayyor turing!

Signal ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar haqida nimalarni bilishini ularning o‘zlariga ko‘rsatish uchun Instagram’da targeting reklamasini ishga tushirdi. Bir qarashda oddiy reklama kabi ko‘rinardi, ammo unda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari: qiziqishlari, oilaviy holati, geolokatsiyalar haqida ma’lumotlar mavjud edi.

«Siz bu reklamani ko‘rasiz, chunki siz kimyo muhandisi va K-popni yaxshi ko‘rasiz. Ushbu reklama sizning Berlinda ekanligingizni ko‘rsatadi. Yaqinda farzandli bo‘lib, ko‘chib ketganingizni ham. So‘nggi paytlarda siz homilador ayollar uchun juda ko‘p mashqlarni bajargansiz», – deb yozilgan reklama postlaridan birida.

Bunday xabarlar nashr etilgandan so‘ng, Signal akkaunti bloklangan. Aftidan, uning haqiqatni oshkor etgani Facebook kompaniyasiga yoqmagan.

O‘QING: Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»