Facebook va Instagram'da ayollarning to'liq oldi ochiq suratlariga ruxsat beriladi

Facebook va Instagram'da ayollarning to'liq oldi ochiq suratlariga ruxsat beriladi

Facebook va Instagram'ning bosh kompaniyasi, Meta tez kunda o'z ijtimoiy tarmoqlarida ayollarning to'liq oldi ochiq holatdagi suratlariga ruxsat berishi mumkin, deya xabar bermoqda The Guardian nashri. Ma'lum bo'lishicha, Meta Kuzatuv Kengashi kompaniyaga ayollar ko'kraklari to'liq ochiqligicha ko'rsatilgan tasvirlarini taqiqlovchi qoidalarni qayta ko'rib chiqishga chaqirgan.

17-yanvar kuni bir guruh akademiklar, siyosatchilar va jurnalistlar tomonidan Meta'ga kontentni tartibga solish siyosati bo'yicha maslahat beradigan Kuzatuv Kengashi kompaniyaga xalqaro inson huquqlari standartlarini hurmat qiladigan aniq mezonlar bilan tartibga solinishi uchun kattalar yalang'ochligi va jinsiy faoliyat hamjamiyatining standartlarini o'zgartirishni tavsiya qildi.

Kuzatuv Kengashining bunday taklif berishiga Facebook tomonidan trans va jinsi noaniq bo'lgan amerikalik er-xotin tomonidan boshqariladigan akkauntdagi ikkita postning o'chirib yuborilishi sabab bo'lgan. Postda er-xotin ustki kiyimsiz, lekin ko'kraklari trans-sog'liqni saqlash va jarrohlik uchun pul yig'ish taglavhalari keltirilgan yozuv bilan yashirilgan holatda aks etgan.

Ko'plab foydalanuvchilar postni shikoyat tarzida belgilanliganidan so'ng, u platformadagi sun'iy intellekt tomonidan ko'rib chiqilgan va olib tashlangan. Juftlik esa bu haqida Meta'ga appelyatsiya bergan. Shunday keyin kengash kompaniya siyosati "genderning ikkilik nuqtayi nazariga, shuningdek, erkak va ayol tanasi o'rtasidagi farqga asoslanadi", deb topgan, bu esa interseks, ya'ni jinsi noaniq bo'lgan va transgender foydalanuvchilarga nisbatan ko'kraklarini ko'rsatiga qarshi qoidalarni "noaniq" qiladi degan qarorga kelgan va Meta'ga yalang'ochlikni moderatsiya qilishda "aniq, obyektiv, huquqlarni hurmat qilish mezonlarini belgilashni" tavsiya qilgan.

"Meta bu holatda kengash qarorini ma'qullaydi", deydi kompaniya vakili, amerikalik er-xotin posti platformaga qaytarilganligini ta'kidlagan holda. "Biz LGBTQ+ hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ko'plab ishlar qilinishi mumkinligini bilamiz va bu bir qator masalalar bo'yicha ekspertlar va LGBTQ+ advokatlik tashkilotlari bilan ishlash kerakligini anglatadi.", deya qo'shimcha qildi matbuot kotibi.

Ta'kidlash joizki, so'nggi o'n yil davomida feminist targ'ibotchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning ham ijtimoiy tarmoqlarda ko'kraklari to'liq ko'rsatilgan tasvirlarga qo'yilgan to'siqlarni olib tashlash uchun targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilgan. Ma'lumot uchun erkaklar ko'kraklari to'liq ko'rsatilgan tasvirlarga hech qanday cheklovlar qo'yilmagan.

Meta kengash tavsiyalariga omma oldida javob berishi uchun 60 kunga ega, ya'ni hali beri qoidalar o'zgarmagan.

O'QING: Yo‘lni kesib o‘tayotganda telefondan foydalanish jarimaga sabab bo‘ladimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!