Facebook va Instagram’da qiziq funksiya paydo bo‘ldi, sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  593
  •  29.05.2021 10:05

Facebook va Instagram’da qiziq funksiya paydo bo‘ldi, sinab ko‘ring!

Instagram o‘z blogida layklarni yashirish xususiyati sinov rejimidan chiqishini e’lon qildi. Shunga o‘xshash funksiya Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham joriy etilmoqda, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

So‘nggi yangilanishlarni olgan foydalanuvchilar istasalar layklar sonini ko‘rishni o‘chirib tashlashlari mumkin.

Instagram tarmog‘ida layklar sonini yashirish uchun post tepasidagi uchta nuqta bilan belgini bosish va «Layklar sonini yashirish» bandini tanlash kerak.

Facebook’da esa «Mening profilim» → «Sozlamalar» → «Reaksiyalar» bo‘limiga o‘tish kerak bo‘ladi.

Muhim jihat: layklar hisoblagichini yashirish uni boshqa foydalanuvchilar uchun yashirishi, ammo shu bilan birga, akkaunt egasi faoliyat statistikasini kuzatishi mumkin bo‘lishini unutmang.

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)