Facebook yana "ish ko‘rsatdi"

Facebook yana

Facebook va onlayn xavfsizlikning buzilishi. Bu ikkisi allaqachon uzviy bog‘liq tushunchaga aylanib ulgurgan. Bloomberg axborot agentligining ma’lumot berishicha, ijtimoiy tarmoq giganti Facebook Messenger ilovasidagi ovozli xabarlarni transkripsiya qilish (aytilgan so‘zlarni matnga aylantirish) uchun yuzlab tashqi shartnomachilarni yollab kelgan.

Shartnomachi ishchilar foydalanuvchilarning ovozli xabarlarini eshitib kelishayotgani, ba’zan kontentda vulgarizmlar ham borligini aytib, bularning barini transkripsiya qilish Facebook'ka nima maqsadda kerakligini bilmasliklarini ma’lum qilishgan. 

Facebook ushbu xabarni tasdiqlab, boshqa kompaniyalar (Google va Apple) bilan xuddi shu masala atrofida yuz bergan mojarolar sabab bu harakatlarni qayta amalga oshirmasligini ma’lum qildi. "Apple va Google qatori, audiolarni insonlar tahlil qilishini bir hafta oldin to‘xtatdik", deydi kompaniyadagilar.

Ovozli yozuvlarni insonlar tinglayotganligiga sabab qilib "Facebook'ning sun’iy ong tizimi xabarlarni to‘g‘ri tushuna olgan-olmaganini tekshirish" ko‘rsatilgan. Bu, mijozlari nima haqida gaplashayotganini bilish kompaniyaga nima uchun kerak bo‘lib qolganligi haqida savollarni yuzaga keltirdi. 

Ma’lumot uchun, Mark Sukerberg, ilgariroq, kompaniya reklamachilar uchun audio yozuvlarni to‘playotgani haqidagi ta’kidlarni AQSh Kongressida rad etib, Senator Gery Pitersning savoliga javobida bunday harakatni "fitna nazariyasi" deb atagandi. 

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!