Faceebook jonli efirida idoraga kirib, IIB xodimlarini «s’yomka» qilgan chinozlik qamaldi

  •   DiMaX
  •  698
  •  27.04.2021 13:16

Faceebook jonli efirida idoraga kirib, IIB xodimlarini «s’yomka» qilgan chinozlik qamaldi

2021 yilning 21 aprel kuni fuqaro A.Otajonov o‘zining Faceebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, qarindoshi M.Xolmatov bilan birgalikda hududiy IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, «Sarbozor» MFY idorasiga (shu idorada tashkil etilgan 29-sonli Huquq-tartibot maskaniga) kirib kelgan. Bu xususda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Internetda tarqalgan videolar sabab qancha ichki ishlar xodimiga chora ko‘rildi?

Shu vaqtda xizmat xonasida bo‘lgan profilaktika inspektori T.Narkulov fuqarodan tasvirga olishni (to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni) to‘xtatishni talab qilgan. Profilaktika inspektori bu vaqtda uning xizmat xonasida o‘zaro nizoli holat yuzasidan murojaat bilan kelgan boshqa fuqarolar borligi va ular bilan ishlayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsiy daxlsizligi, ularning yuzi, inspektorning xonasida ekanligi, shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lishini oldini olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishni to‘xtatishini talab qilgan va fuqaro qonuniy talabni bajarmagach, tasvirga olinishiga chek qo‘ygan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan qonuniy chora xususida Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar qildi.

Garchi fuqaro A.Otajonovdan IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, nima masalada kelganini va holat yuzasidan tushuntirishini so‘raganida, u turli savollar berib, inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Boshqa fuqarolarni e’tiborini jalb etgan holda inspektorga qarshilik ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 2021 yil 23 aprel kuni Toshkent viloyati JIB Chinoz tumani sudida, sudya R.Rahimjonov raisligida sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

Sudda, guvohlarning ko‘rsatmalari A.Otajonovning oilaviy ahvoli va o‘z aybiga iqrorligi inobatga olinib, fuqaro A.Otajonov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan, deb topilgan va MJtKning 34-moddasida ko‘rsatilgan tartibda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

«Shu o‘rinda jurnalistlar, blogerlar va fuqarolardan biror holat yoki murojaatni namoyish etish oldidan masalani ikki tomonlama, xolis o‘rganib chiqishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!