Fantastik kinolardan reallikka: xotirani o‘chiruvchi skaner ixtiro qilindi!

  •   DiMaX
  •  1019
  •  08.05.2021 14:03

Fantastik kinolardan reallikka: xotirani o‘chiruvchi skaner ixtiro qilindi!

ATR Computational Neuroscience Labs kompaniyasining hisoblash nevrologiyasi jamoasi noyob DecNef skanerini yaratdi. Olimlar uning yordamida tez orada inson xotirasidan hayotida bo‘lib o‘tgan «baxtsiz lahzalar»ni o‘chira olishadi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Xuddi «Simona» filmidagidek: «sun’iy ong» bir necha kishining suratidan «yangi odam yasash»ni o‘rgandi! (video)

Daily Star nashri yozishicha, ushbu yangilik odamlar orasida katta qarshiliklarga duch kelishi mumkin.

Xotirani tahrirlash texnologiyasi DecNef deb nomlangan. Uning asl maqsadi post-travmatik sindrom bilan kasallangan odamlarni davolashdir. Bunda an’anaviy MRT (magnit-rezonans tomografiya) apparatidagi singari elektromagnit impulslardan foydalanadi.

Skaner odam miyasidagi turli xil o‘zgarishlarni, masalan, qonni kislorod bilan ta’minlash darajasini o‘lchaydi. To‘plangan ma’lumotlar real vaqt rejimida sun’iy aql bilan tahlil qilish uchun uzatiladi. U odamning xotiralari bo‘lgan paytda miyaning o‘ziga xos sohalarini chizadi.

O‘QING: Xuddi Terminatordagidek: xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi

 «Sun’iy intellekt inson miyasida kechayotgan jarayonlarni tushunishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Skaner miyaning «og‘riqli» xotiralar paydo bo‘ladigan joylarini kuzatib boradi va bemorga ushbu impulslarni boshqarishda yordam beradi», deya ta’kidlaydi kompaniya olimi Aurelio Kortes.

Keyinchalik texnologiya xotirani kesish va almashtirish jarayonini boshlaydi. Turli xil impulslar yuboriladi va miyaning bir qismidagi faoliyat boshqasi bilan almashtiriladi. Natijada, odam xotirasidagi nojo‘ya xotiralar ilgari bo‘lmaganday tuyuladi.

Shunday qilib, skaner odamning miyasini o‘z idroki bilan «aldashga» yordam beradi, deb xulosa qiladi olimlar.

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!