Faol shovqin to‘suvchi Beats Studio Buds butkul simsiz quloqchini chiqdi

  •   DiMaX
  •  527
  •  15.06.2021 15:51

Faol shovqin to‘suvchi Beats Studio Buds butkul simsiz quloqchini chiqdi

Apple kompaniyasi Beats brendi ostida yangi to‘liq simsiz naushnigini — Beats Studio Buds’ni taqdim etdi. Bu xususda Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Sony yangi quloqchin reklamasida 2022 yilgi flagman smartfonini ko‘rsatdi (uchta video)

Ushbu quloqchin faol shovqin so‘ndirish tizimiga ega bo‘lgan. Ikkita rejim mavjud — atrof-muhitdagi shovqinlari maksimal bloklovchi va «shaffof» rejim (atrofdagi narsalarni eshitish talab etilganida). Shu bilan birga, Beats Studio Buds naushnigi AirPods Pro’ga nisbatan sezilarli darajada arzon.

Naushniklar bir marta quvvatlanish orqali 8 soat gaplashishga yetadi, futlyar esa ularni yana ikki marta quvvatlantirishga yetadi. Umumiy hisobda Beats Studio Buds statsionar quvvatlantirishsiz 24 soatgacha musiqa tinglash imkonini beradi. Naushnik chang va namlikdan (IPX4) himoyalangan bo‘lib, iOS va Android’da ishlaydi

Hozirda ushbu naushniklarning oq, qora va qizil ranglaridagi versiyasini 149,99 dollar narxida Apple’ning onlayn-do‘konlari orqali buyurtma qilish mumkin. AQShda yetkazib berish ishlari 24 iyundan boshlanadi.

O‘QING: Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.