Faqat 22–27 iyul kunlari Realme smartfonlarini 27% arzon olish mumkin

  •   DiMaX
  •  1948
  •  22.07.2020 15:18

Faqat 22–27 iyul kunlari Realme smartfonlarini 27% arzon olish mumkin

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasi Rossiyadagi rasmiy onlayn-magazinida yozgi arzonlatuvning ikkinchi raundini e’lon qilgan edi. Endi esa uning Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun tashkil etilgan Realme ham shunday qilyapti.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Realme kompaniyasi 2020 yilning 22 iyulidan 27 iyuligacha bo‘lib o‘tadigan «Realme kunlari» aksiyasini e’lon qildi. Mazkur arzonlatib sotish davrida Rossiyada bu kompaniyaning turli qurilmalarini, shu jumladan Realme 6 Pro hamda X3 SuperZoom flagmanlarini arzonroqqa olish mumkin. Kuponlar va promokodlarni hisobga olganda, chegirmalar 27 foizga boradi.

Quyidagi jadvalda Realme maxsus narxlarda taklif etayotgan smartfonlar, aqlli soat va simsiz quloqchinlar keltirilgan (narxlar rublda ko‘rsatilgan):

Realme gadjetlari xaridida butun Rossiya hududi bo‘ylab bepul yetkazib berish xizmati amal qiladi. Barcha tovarlar sertifikatlangan bo‘lib, ularga rasmiy kafolat joriy etilgan. Aksiya narxida sotiladigan devayslar soni cheklangan.

Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: realme smartfonlarining 6-seriyasi va C3 telefoni yurtimizda sotuvga chiqyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.