Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

  •   DiMaX
  •  1282
  •  18.01.2019 11:07

Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

Zamonaviy gadjetlar rivojlangani sayin ularning qimmatbaho aksessuar sifatida taqdim etiluvchi turlari ham ko‘payib bormoqda. Tilla suvi yuritilgan, brilliant yoki rubin qadalgan smartfonlar, «aqlli» soat va bilaguzuklar shular jumlasidandir.

O‘QING: Ming dollarlik Galaxy Note 9 qimmatmi? 57 ming dollarligi ham bor, bir kilo sof oltindan!

Louis Vuitton kompaniyasi High Snobiety rusumli simsiz quloqchinni namoyish etdi. Narxi 995 AQSh dollari bo‘lgan ushbu aksessuarning ehtimoliy xaridorlari birinchi o‘rinda brendga ahamiyat beruvchi, o‘ziga to‘q kishilardir.

Tabiiyki, bu yerda Louis Vuitton faqat brendni bozorda ilgari suruvchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Quloqchinning ishlab chiqaruvchisi esa Master & Dynamic kompaniyasidir. Aniqroq qilib aytganda, o‘tgan yil sentyabrda taqdim etilgan Master & Dynamic MW07 rusumli simsiz quloqchinning Louis Vuitton brendli talqini chiqarilgan.

Brendlangan versiyani bozorda Louis Vuitton ilgari suradi; bu quloqchinning ko‘rinishi ham, g‘ilofining dizayni ham o‘zgacha. Tabiiyki, narxi ham uch baravardan ziyodroqqa oshirilgan – original Master & Dynamic MW07 quloqchini «atigi» 300 dollar turadi va quyidagicha ko‘rinishga ega:

Nima ham derdik, buni bozor deb qo‘yibdi – har bir tovarning o‘z xaridori bor. Darvoqe, bizning Terashop.uz internet-do‘konimizdan bunchalik qimmatbaho bo‘lmasa-da, sifatli quloqchinlarni 132 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Qimmat degani - zo‘r degani emas

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!