Faqat guruh a'zolari uchun izoh qoldirish

Faqat guruh a'zolari uchun izoh qoldirish

macOS uchun Telegram'ning 8.7.2 beta versiyasida kanal boshqaruvchilari uchun postlarga kimlar izoh qoldira olishini tanlash imkoniyati yaratilgani ma'lum bo'ldi. Bunda administratorlar barcha uchun izoh qoldirish yoki faqat kanal ulangan guruh a'zolari uchun izoh qoldirish tanlovlaridan birini belgishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu xususiyat administratorlar uchun postlarga boshqa kanallar nomida izoh qoldirishni o'chirish imkonini beradi.

Telegram 2020-yilning sentabrida kanal postlariga izoh qoldirish, o'tgan yilning dekabrida esa postlarga kanal nomidan izoh qoldirish funksiyalarini qo'shgan edi. Bir hafta oldin Telegram ilovalari versiyalari yangilanib, messenjerga bildirishnomalar tovushlari, botlar uchun inqilobiy yangilanishlar va boshqa yangiliklar qo'shilgan edi.

O‘QING: Telegram yangi versiyasi chiqarildi!