Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

  •   DiMaX
  •  5009
  •  17.06.2020 10:06

Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Xiaomi korporatsiyasi MIUI 12 global proshivkasini o‘zining turli smartfonlariga tarqatishda davom etmoqda. Lekin ushbu grafik qobiq asosidagi proshivkagacha yangilangani bilan, uning yangi imkoniyatlari barcha qurilmalarda ham bo‘lavermas ekan.

O‘QING: 13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

MIUI 12 grafik qobig‘idagi eng innovatsion yangiliklar – yangicha kamera ilovasi, superoboylar va animatsiyali belgilardir. Ushbu imkoniyatlarga ega bo‘luvchi modellarning ro‘yxatlariga nazar solamiz.

Qayta ishlangan kamera ilovasi quyidagi smartfonlar proshivkasidagina bo‘ladi:

  1. Mi 10/Mi 10 Pro/Mi 10 Lite
  2. Mi Note 10/Mi Note 10 Lite
  3. Mi 9/Mi 9T Pro/Mi 9T/Mi 9 Lite/Mi 9 SE
  4. Mi 8/Mi 8 Pro
  5. Mi MIX 3
  6. Mi MIX 2S
  7. Redmi K20 Pro/Redmi K20
  8. POCO F2 Pro
  9. POCO X2
  10. POCO F1/POCOPHONE F1
  11. Redmi Note 9 Pro/Note 9 Pro Max/Note 9s/Note 9
  12. Redmi Note 8 Pro/Redmi Note 8/Redmi Note 8T
  13. Redmi 8/Redmi 8A/Redmi 8A Dual
  14. Redmi Note 7 Pro/Note 7/Note 7S
  15. Redmi 7/Redmi 7A
  16. Redmi Note 6 Pro
  17. Redmi Y3

O‘QING: Eng arzon Xiaomi smartfoni ham taqdimotga tayyor: Redmi 9A xususiyatlarini FCC fosh etdi!

«Suzuvchi» oynachalar va animatsiyali belgichalar faqat mana bu smartfonlarga taqdim etiladi:

  1. Mi 10/Mi 10 Pro/Mi 10 Lite
  2. Mi Note 10/Mi Note 10 Lite
  3. Mi 9/Mi 9T Pro/Mi 9T/Mi 9 Lite/Mi 9 SE
  4. Mi 8/Mi 8 Pro/Mi 8 Lite
  5. Mi MIX 3
  6. Mi MIX 2S
  7. Redmi K20 Pro/Redmi K20
  8. POCO F2 Pro
  9. POCO X2
  10. POCO F1/POCOPHONE F1
  11. Redmi Note 9 Pro/Note 9 Pro Max/Note 9s/Note 9
  12. Redmi Note 8 Pro/Redmi Note 8/Redmi Note 8T
  13. Redmi 8/Redmi 8A/Redmi 8A Dual
  14. Redmi Note 7 Pro/Note 7/Note 7S
  15. Redmi 7
  16. Redmi Y3
  17. Mi Max 3

O‘QING: Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Ajoyib superoboylar esa mana bu rusumlardagi gadjetlardagina bo‘ladi:

  1. Xiaomi Mi 10
  2. Xiaomi Mi 10 Pro
  3. Xiaomi Mi 10 Lite
  4. Xiaomi Mi 9
  5. Xiaomi Mi 9T Pro
  6. Xiaomi Mi 8
  7. Xiaomi Mi 8 Pro
  8. Xiaomi Mi MIX 3
  9. Redmi K20 Pro
  10. POCO F2 Pro

Demak, yuqoridagi imkoniyatlarga ega bo‘luvchi Xiaomi, Redmi va POCOPHONE smartfonlari egalari ulardan bahramand bo‘lish uchun yangilanishlarni tekshirib turishlari lozim.

O‘QING: Redmi’ning yap-yangi smartfonlarida ikkita ishkal chiqdi