Faqat politsiya emas: Apple xodimlari nega bodi-kamera taqadi?

  •   DiMaX
  •  516
  •  30.06.2021 10:59

Faqat politsiya emas: Apple xodimlari nega bodi-kamera taqadi?

Ko‘p mamlakatlarda ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bodi-kamera yoki videoregistrator bilan ishlaydi. O‘zbekistonda ham yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari shu kabi uskunalar bilan faoliyat olib bormoqda.

O‘QING: «GAI»ning bodi-kamerasini qo‘lda tayyorlasa nima bo‘ladi?

Apple ham o‘zining hali taqdim etilmagan mahsulotlari haqida ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida shu usulni qo‘llamoqchi. Kupertinolik korporatsiya Xitoydagi hamkorlaridan o‘zlarining xodimlarini tanaga biriktirib qo‘yiluvchi videoregistrator bilan jihozlashni talab qilmoqda.

Front Page Tech nashrining yozishicha, Apple xodimlarni «politsiya darajasidagi telekameralar» taqishga majburlamoqchi. Bu yerda gap AQSh politsiyachilari taqadigan Axon Body 2 rusumli professional kamera yoki shunga maksimal darajada yaqin biror registrator haqida ketmoqda.

Apple o‘z mahsulotlarini tayyorlab va beruvchi Xitoydagi fabrikalardan butlovchi qismlarning yoki ular suratlarining o‘g‘rincha olib chiqilishiga qarshi shu yo‘l bilan kurashmoqchi.

O‘QING: YPX xodimining smartfoni bodi-kamera bo‘la oladimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!