FCC rasman tasdiqladi – Galaxy S10 Lite taqdimotga tayyor!

  •   DiMaX
  •  1686
  •  21.11.2019 13:56

FCC rasman tasdiqladi – Galaxy S10 Lite taqdimotga tayyor!

Samsung kompaniyasi bu yilgi flagman smartfonlari – Galaxy S10 (sotib olish) turkumida yana bitta modelni tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Garchi nomi Galaxy S10 Lite bo‘lsa-da, xususiyatlariga ko‘ra bu gadjet unchalik ham «Lite» emas.

O‘QING: S10/S10+ "Lite"mi, S10 Lite "Lite"mi?

Galaxy S10 Lite hamyonbop flagmanini Geekbench servisida tekshirib ko‘rishgani fosh etilgandi. Endi esa mazkur qurilma AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Hujjatlarda uning korpusi o‘lchamlari 160 x 75 millimetrlik ekani ko‘rsatilgan.

Mazkur idora aynan AQSh hududida sotishga tayyor bo‘lgan qurilmalargagina sertifikat beradi. Shunga qaraganda, Samsung Galaxy S10 Lite yaqin orada namoyish qilinib, AQShda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Bundan tashqari, shu qurilmaning o‘zidan – Sozlamalar bo‘limidan olingan skrinshotlar ham internetga chiqdi. Ularda model nomi chindan ham Samsung Galaxy S10 Lite ekanligi o‘z isbotini topgan:

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S10 Lite «elektron yuragi» – Qualcomm Snapdragon 855 chipsetidir. Uning bosh kamerasi 48+5+12, old kamerasi esa 32 megapiksellik datchiklardan iborat.

Samsung bu hamyonbop flagmanini dekabrdayoq rasman taqdim etishi mumkin. Kompaniyaning hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.