Fendi modalar uyi Polaroid hamkorligida yaratilgan fotoapparatini sotuvga chiqardi

  •   DiMaX
  •  352
  •  22.05.2021 15:53

Fendi modalar uyi Polaroid hamkorligida yaratilgan fotoapparatini sotuvga chiqardi

Italiyaning Fendi modalar uyi fotokamera va optika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Polaroid kompaniyasi bilan hamkorlikda Vintage Polaroid OneStep Close-Up 600 nomli modelni taqdim etdi. Ushbu kamera Polaroid 600 plyonkasida ishlaydi va qo‘lda boshqariluvchi chaqnoqqa ega, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Shakli jihatidan qurilma 1990 yillardagi original kamerani takrorlaydi, biroq korpusi ikkitalik F harfi shaklidagi turli ranglarga ega Fendi monogrammalari bilan qoplangan. Ushbu dizaynni Nyu-yorklik rassom Sara Koulman o‘ylab topgan: u monogramma naqshini xuddi «baliq ko‘zi» ob’yektivi orqali suratga olganday, o‘zgartirib ko‘rsatgan.

Kameraning o‘zi har qanday vaziyatda suratga olishni amalga oshira olmaydi — Polaroid 600 plyonkasiga «proyavka» uchun kamroq yorug‘lik kerak.

O‘QING: Prynt: smartfoningizni «polaroid»ga aylantiring! (+video)

Vintage Polaroid OneStep Close-Up 600 fotoapparatiga 120 santimetrdan boshlanuvchi fokusli 110 millimetrli ob’yektiv o‘rnatilgan va u 60—120 santimetr oralig‘ida makrosuratga olishga mo‘ljallangan ob’yektivga ega.

Kamerani Fendi sayti orqali onlayn tomosha qilish, brendning butun dunyodagi do‘konlari orqali 950 dollar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!