Fevral oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan Android smartfonlar top o'ntaligi

Fevral oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan Android smartfonlar top o'ntaligi

AnTuTu benchmarki jamoasi 2023-yilning fevral oyiga ko'ra butun dunyodagi eng yaxshi ishlaydigan Android smartfonlar top o'ntaligi ro'yxatini e'lon qilishdi va unda biz Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan flagmanlar ro'yxatning yuqori o'rinlarini egallaganligini ko'rishimiz mumkin.

Nubia joriy yil boshida taqdim qilgan Red Magic 8 Pro+ smartfoni ro'yxatga yangi qo'shilishi bilanoq AnTuTu'ning eng yuqori bahosini oldi – smartfon 13 044 235 ball bilan top o'nlikning birinchi o'rnini qo'lga kiritdi.

O'tgan oyning eng kuchli Android smartfoni bo'lgan Vivo X90 Pro+ esa ikkinchi o'ringa, uning ortida turgan iQOO 11 esa uchinchi o'ringa tushib qolishgan.

Ro'yxatga, shuningdek, Samsung fevral oyi boshida taqdim qilgan Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlar ham qo'shilgan bo'lib, Galaxy S23 Ultra, Galaxy S23+ va Galaxy S23 ketma-ket to'rt, besh va oltinchi o'rinlarni egallashgan.

OnePlus 11 smartfoni top o'nlikning oxirgi Snapdragon 8 Gen 2 chipsetli flagman bo'lib, u 1 150 541 ball bilan yettinchi o'rindan joy olgan.

Ro'yxatdagi yagona Dimensity chipsetli qurilma, ROG Phone 6D sakkizinchi o'rinni band qilgan.

Top o'nlik Redmi'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetli ikki smartfoni: Mi 12T Pro (to'qqizinchi) va Redmi K50 Ultra (o'ninchi) smartfonlari bilan yakunlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!