Feyklarga aldanmang: Toshkent ko‘chalaridagi uch oyoqli kameralar nimalarni kuzatmoqda?

  •   DiMaX
  •  1128
  •  11.12.2020 13:13

Feyklarga aldanmang: Toshkent ko‘chalaridagi uch oyoqli kameralar nimalarni kuzatmoqda?

Keyingi kunlarda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari turli chorrahalarda, katta yo‘l bo‘ylarida uch oyoqli ko‘chma kameralarga ko‘zlari tushgan bo‘lsa kerak. Shular sababli ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxtimiz katta chorrahalarida ayrim bir fuqarolar kameralardan foydalanib yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlab YHXBga yuborishmoqda», degan ma’lumotlar tarqaldi.

O‘QING: Endi tadbirkorlar ham yo‘llarga kamera va radarlar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar transport boshqarmasi tarmoqlarda tarqalgan bunday noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘rab bayonot bergan va unda shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi «TOShKENT ShAHAR YO‘LOVChI TRANSPORTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»gi 157-sonli qaroriga muvofiq, poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilar va transport vositalari oqimini o‘rganishni nazarda tutuvchi «Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasining bosh rejasi»ni ishlab chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, xodimlar tomonidan katta chorraxalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo‘lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun, ko‘chma kameralardan foydalanilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo‘ljallanmagan.

Shu sababdan, poytaxt ko‘chalarida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlari to‘g‘risida internet tarmoqlarida tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘rab qolamiz!

O‘QING: Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!