FHDYo organlarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi

  •   DiMaX
  •  296
  •  25.07.2020 09:10

FHDYo organlarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprelidan boshlab «ZAGS» sohasi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. Biroq mazkur sohani yaxshilash ishlari bundan ancha avval boshlab qo‘yilgan edi, deb yozadi DXA direktori o‘rinbosari N.Muxammadiyev.

O‘QING: TOP-10: O‘zbekistondagi kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar

DXA blokcheyn tizimini aynan ushbu sohaga joriy etishdan boshlamoqchi. Buning uchun mamlakatimiz rahbarining tegishli qarori bilan «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazish belgilangan. Bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tmoqchimiz, mazkur muhim takomillashtirish ishlarida davlat byudjetidan mablag‘lar olinmaydi.

«FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida Davlat xizmatlari agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMT TD) qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Taqsimlangan reyestrdan «ZAGS» tizimiga nima naf?

Blokcheyn «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga qo‘shimcha maxsus apparat vositalaridan foydalanmasdan xavfsiz kirish va tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Kiritilgan fuqarolik holati yozuvlari bloklar deb ataluvchi xesh-funksiya yordamida o‘zgarmas blokka joylashtiriladi (xeshlash).

Ma’lumotlar faqatgina tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan akkauntlar tomonidan kiritiladi. Ya’ni, har bir ishtirok etuvchiga maxsus login va parol beriladi. Yana bir jihati shundaki, qaysi akkaunt egasi qachon va nima ma’lumot kiritgani shaffof ko‘rinib turadi. Bu esa tizimda firibgarliklarni oldini olishga yordam beradi.

Blokcheyn tizimida foydalanuvchi mustaqil ravishda alohida blokdagi ma’lumotni o‘zgartirolmaydi. Ya’ni bir blokdagi ma’lumotning o‘zgartirilishi barcha avvalgi bloklarga ta’sir qiladi. Shu jihatdan axborot xavfsizligi ta’minlanadi hamda tizimda ham shaffoflik ta’minlanadi.

«FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish ishlarini to‘liq yakunlash hamda amaliyotga tatbiq qilish joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

O‘QING: «Xalq nazorati» portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.