FIFA 20 o‘yinining taqdimot kuni va birinchi videotizeri e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  1265
  •  08.06.2019 16:17

FIFA 20 o‘yinining taqdimot kuni va birinchi videotizeri e’lon qilindi!

Electronic Arts korporatsiyasi futbol muxlislari orasida ayniqsa ommabop bo‘lgan o‘yinning keyingi – FIFA 20 talqinini e’lon qildi. Twitter tarmog‘idagi EA Sports FIFA rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, uning relizi 27 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Kompaniya mazkur postida FIFA 20 taqdimotini onlayn tomosha qilishga ham taklif etgan. Unda internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yangi o‘yinning barcha tafsilotlarini oshkor etishadi.

Electronic Arts futbol simulyatori bo‘lgan mazkur o‘yinlar seriyasining yangi avlodiga bag‘ishlangan videotizerini real hayotdan olingan lavhalar bilan boyitgan. Unda dunyoning turli burchaklaridan kishilar virtual o‘yingohga shoshayotganlari aks ettirilgan.

Shuningdek, rolikda inglizcha «V» harfiga ham ko‘zimiz tushadi. Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, bu – o‘yinda «5 ga 5» rejimi ham mavjudligiga ishora bo‘lishi mumkin. Tizerda FIFA 20 simulyatorining kompyuter, PS4 hamda Xbox One platformalariga mo‘ljallanganligi ham aytib o‘tilgan.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!