FIFA Mobile’ni yangi talqinda yuklab olish vaqti ma’lum bo‘ldi

FIFA Mobile’ni yangi talqinda yuklab olish vaqti ma’lum bo‘ldi

Amerikaning Electronic Arts video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi korporatsiyasi FIFA mobil elektron o‘yinining yangi qismini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, endi futbol jamoalarini shakllantirishda yangicha rejim, shuningdek Attack Mode nomli hujum uyushtirishga mo‘ljallangan rejim mazkur talqinning bosh o‘ziga xosligi bo‘ladi. Attack Mode rejimida foydalanuvchilar qisqa fursat ichida raqib jamoa darvozasiga shiddatli hujum uyushtirishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Electronic Arts dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari mazkur o‘yinni real o‘yin va chempionatlarga xos bir qancha jihatlar bilan boyitilishini ham va’da qilishmoqda.

FIFA Mobile mobil video o‘yinning yangi talqinida bir qancha ijtimoiy o‘ziga xos elementlar tatbiq etiladi. Jumladan, endi o‘yinchilar boshqa raqiblar bilan kurashish uchun chempionatlarga qo‘shilishlari, bu o‘yinlarda boshqa raqib bilan kurashish uchun ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Yuqori natijalar esa, maxsus rekordlar jadvaliga kiritiladi.

EA vakillarining ma’lumot berishllaricha, yangi talqindagi FIFA Mobile’da 30 ta turli liga uchrashuvlari, 650 klub va 17 000 ta real futbol o‘yinchilari bo‘ladi.

Dasturning iOS va Android operatsion tizimlariga mo‘ljallangan versiyasini joriy yilning kuz oyida App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin bo‘ladi.