«Fikrlarni o‘qishga» qodir quloqchin yaratildi

  •   DiMaX
  •  479
  •  01.05.2021 17:51

«Fikrlarni o‘qishga» qodir quloqchin yaratildi

Neurable neyrotexnologik kompaniyasi foydalanuvchining diqqati pasayganda shovqin so‘ndirish funksiyasini kuchaytirish yoki mustaqil tanaffus qilish imkoniyatiga ega naushnikni taqdim etdi. Enten nomini olgan naushnik ispanchadan «tushunmoq» deya tarjima qilinadi, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Qurilma oddiy naushnik ko‘rinishida bo‘lib, unga foydalanuvchi miyasidagi neyronlarning elektr signallarini kuzatuvchi datchiklar o‘rnatilgan. U dasturiy ta’minot algoritmlaridan foydalanadigan dastur yordamida ishlab, konsentratsiya vaqtida yoki chalg‘igandagi miya to‘lqinlarini taniy oladi. Ishlash prinsipi mobil EKGniki kabi.

Agar tahlil vaqtida tizim foydalanuvchi tang holatda ekanligini aniqlasa, qurilma tinchlantiruvchi oq shovqinni yoqadi yoki hatto tanaffus qilishni tavsiya etadi.

Neurable bosh direktori va neyrobiologiya sohasidagi fan doktori Ramzes Alkaydning ma’lum qilishicha, «fikrlarni o‘qiy oladigan garnitura»ni yaratishga uni avtohalokatda oyog‘idan ayrilib, o‘rniga protez yasagan amakisi ilhomlantirgan.

«Muhandislik ixtirochilari insonning mobilligi va uning holatini naqadar yaxshilashi mumkinligidan hayratda edim», — deydi Alkayd. Shuningdek, u insonlarning ko‘plab muammolarini «boshqaruv markazi» — miya bilan ishlash orqali hal etish mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Kelajakda qurilma boshqa omillar, masalan, notinch o‘tirishi, suv ichishi va kulishi orqali insonning holatini aniqlay oladi. Ushbu ma’lumotlar asosida naushniklar pleylistga mustaqil musiqani tanlay oladi.

Hozirda Enten quloqchinini 279 dollarga buyurtma qilish mumkin.

O‘QING: Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!