Fikrlarni uzatish uchun tarmoq yaratildi: BrainNet’dan kuchli yurish

  •   Saroy
  •  451
  •  02.10.2018 12:12

Fikrlarni uzatish uchun tarmoq yaratildi: BrainNet’dan kuchli yurish

Vashington universiteti laboratoriyasida uchta ko‘ngilli ishtirokida noyob tajriba o‘tkazildi. Miya impulsini transkranial stimulyasiya uskunalar bilan bilan moslashtiradigan datchik-registratorlar (miya suyagi to‘sig‘idan o‘ta oladigan) olimlarga bevosita miyadagi signallarni translatsiya qilish imkonini berdi.   Qurilmaning tajriba nusxasi bundan uch yil avval eksperimental telepatik viktorinasida ikki nafar o‘yinchida amalga oshirilgan.

Keyingi bosqichda  «telepatlar» davrasi kengaytirildi. Boshqa-boshqa xonalarda turgan BrainNet tarmog‘i ishtirokchilari «Tetris» tamoyilidagi birgalikdagi o‘yinda o‘zaro hamkorlik qilishdi», ya’ni  ikkitasi  ekranning faqat pastki qismini ko‘rib turishdi, bitta o‘yinchi esa ustki qismini. Bunda faqat tarmoqdagi hamkasb hayolan unga shaklni qanday burish, tushirish va joylashtirishni aytib turadi. Agar boshqaruvchilarning biri yonib-o‘chish oralig‘i 15 gersli bo‘lgan chiroqqa qarasa, demak bu shaklni burish vaqti kelganini anglatadi. Agar boshqasiga, ya’ni 17 gersliga qarasa burish kerak emas edi, degani bo‘ladi.  

O‘QING:Fikr kuchi orqali muloqot qilishni qachon boshlaymiz?

Miya har safar tegishlicha 15 yoki 17 gersli chastotasiga nurli signal qaytaradi. Tizim qaytadan signalni raqamlaydi va jamoa o‘yinchisiga uzatadi. Magnitli rag‘batlantirish qurilmasi miyaga chaqnoq obrazida yo‘naltiradi. Agar uzatish yuz bermasa, bu shaklni aylantirish talab etilmaydi, deganidir.

O‘yinchi-manipulyatorlar buyruqning bajarilishini onlayn-tartibda nazorat qilishi mumkin va zarur bo‘lganda ularni takrorlaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin orada shunga o‘xshash «bulutli» suhbatlar butun sayyoramizni birlashtirishi mumkin.

O‘QING:O‘rniga nima keladi: yaqinda smartfonlar ham yo‘qolarmish

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!