Finbold reytingi: 5G-smartfonlar bozorida kutilmagan lider!

  •   DiMaX
  •  626
  •  13.03.2021 14:58

Finbold reytingi: 5G-smartfonlar bozorida kutilmagan lider!

Huawei kompaniyasi faol 5G-qurilmalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Finbold agentligi tadqiqotiga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Ma’lumot berilishicha, 2020 yilning 4-choragida 5G bozorida Huawei ulushi 26,9 foizni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinni 25,1 foizlik hissa bilan Samsung egalladi. Yuqori uchlikni 19,5 foiz ulush bilan Apple yakunlagan. Keyingi o‘rinlarda Xitoyning Vivo va Honor kompaniyalari egalladi. Ularning bozordagi ulushi mos ravishda 11,8 va 6,9 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi. Oxirgi chorak natijalariga ko‘ra, Koreya kompaniyasi raqobatchisini ortda qoldirgan – masalan, noyabrda beshinchi avlod tarmoqlarida koreyslarning 44,9 va xitoylarning 8,6 foiz qurilmasi ro‘yxatga olingan.

Qayd etilishicha, AQSh sanksiyalariga qaramasdan, Huawei ko‘plab buyurtmalarga ega va 5G infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!