Firibgarlarning ishini Telegram osonlashtirdi!

  •   DiMaX
  •  654
  •  08.02.2021 16:04

Firibgarlarning ishini Telegram osonlashtirdi!

Telegram’da chiquvchi qo‘ng‘iroq raqamlari va qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozini o‘zgartiradigan bot paydo bo‘ldi. Bot yaratuvchilari bu xizmatni juda qonuniy deb hisoblashadi, ammo firibgarlar uchun bu juda foydali bo‘lishi mumkin, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!

Xizmat pullik ekanligini belgilab o‘tish joiz. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, bot abonentning telefon raqamini va qo‘ng‘iroq paytida suhbatdosh ko‘rishi kerak bo‘lgan raqamlarning kombinatsiyasini kiritishni taklif qiladi.

Firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishlari va o‘zlarini jabrlanuvchining qarindoshi sifatida tanishtirishlari xavfi mavjud va agar kiruvchi raqam kontaktlar ro‘yxatida saqlansa, uning telefonida saqlangan ism ko‘rsatiladi.

Avvalroq esa Telegram platformasida Facebook foydalanuvchilari 500 million telefon raqamlari ma’lumotlar bazasi bo‘lgan bot paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi.

O‘QING: «Sardobada jabr ko‘rganlarga» deb Telegram orqali pul yig‘ib, Suriyaga jo‘natgan «jihodchilar» qo‘lga olindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!