Fitbit Versa Lite – to‘laqonli operatsion tizimga ega eng arzon «aqlli» soat namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  1017
  •  07.03.2019 15:48

Fitbit Versa Lite – to‘laqonli operatsion tizimga ega eng arzon «aqlli» soat namoyish qilindi

Taqiluvchi gadjetlari bilan tanilgan Fitbit kompaniyasi kecha biryo‘la to‘rtta devays taqdim etdi. Bular – Versa Lite smart-soati, Ace 2 bolalar fitnes-trekeri hamda Inspire va Inspire HR «aqlli» bilaguzuklaridir.

O‘QING: Nubia Alpha taqdim etildi – bilakka taqiluvchi soat-smartfon (+video)

Bulardan oxirgi ikkitasi yanvardayoq faqat korporativ mijozlar uchun taqdim etilgan edi, endi esa Inspire hamda Inspire HR modellarini tegishlicha 70 va 100 dollar evaziga barcha xohlovchilar olishi mumkin bo‘ldi. Ace 2 bolalar fitnes-trekeri esa odatiy funksiyalarga ega, shu bois faqat Versa Lite haqida alohida to‘xtalib o‘tsak arziydi.

Nomidan ham anglaganingizdek, bu – Fitbit’ning eng ommabop, 200 dollarlik Versa smart-soatining «yengillashtirilgan» versiyasidir. Versa Lite ayni damda bozordagi barcha «aqlli» soatlar orasida eng arzonidir – atigi ya’ni 160 dollar turadi. Shunga qaramasdan, u to‘laqonli operatsion tizimga ega va chet ilovalarni o‘rnatish imkoni mavjud.

«Katta» versiyasidan farqli ravishda, Versa Lite ayrim funksiyalardan mahrum etilgan. Jumladan, uning barometri yo‘q, qavatlarni sanay olmaydi, jismoniy mashqlar mobaynida yordamni aks ettira olmaydi, va ichki xotirasidan musiqa yangrata olmaydi. Shuningdek, unda Fitbit Pay funksiyasi va ikkita moddiy tugmachasi yo‘q. Biroq aksariyat foydalanuvchilar uchun yuqoridagilar uncha muhim emas, shu bois «yengil» smart-soat ham talabgir bo‘lishi kutilmoqda.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 570 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli smart-soatlarni sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Watch Active – qon bosimini ham o‘lchovchi smart-soat taqdim etildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!