Flagman chipli yangi smartfon – Poco F3 GT rasmiy videotizeri chiqdi

  •   DiMaX
  •  1217
  •  28.05.2021 15:24

Flagman chipli yangi smartfon – Poco F3 GT rasmiy videotizeri chiqdi

Xiaomi korporatsyasining arzonchi brendiga mansub Poco F3 modeli ommabop smartfonlar reytinglaridan joy olib kelmoqda. Biz uning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan mana bu maqolamizda tanishtirganmiz.

O‘QING: Yangilangan bestseller – Redmi Note 8 2021 sotuvga chiqdi: narxlari va farqlari

Kompaniya endi uning kuchaytirilgan versiyasi – Poco F3 GT smartfonini tayyorladi. Mazkur modelning ilk reklama tizeri chiroyli videorolik shaklida ishlangan bo‘lib, qurilma MediaTek kompaniyasining flagman chipseti – Dimensity 1200 bazasida ishlashi ko‘rsatilgan:

Boshqa biror xususiyati hozircha ko‘rsatilmagan Poco F3 GT modeli aslida Redmi brendiga mansub biror smartfonning rebrending qilingan kloni bo‘lishi ham mumkin. Agar shunday bo‘lsa, bu – yaqinda taqdim etgan geymerofon – Redmi K40 Gaming Enhanced Edition bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Yuqoridagi reklama lavhasiga ko‘ra, Poco F3 GT modeli shu yilning uchinchi choragida namoyish etiladi.

O‘QING: AnTuTu «qiroli» o‘yinbop Redmi flagmanining ikkita rekordini ham sindirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.