Flagman Honor V30'ning kamerasi barchani hayratga soladi

Flagman Honor V30'ning kamerasi barchani hayratga soladi

Flagman Honor V30'ning chiqishiga 10 kundan kam vaqt qolmoqda, internetda esa ushbu model haqida batafsil ma’lumotlar berib borilyapti. Bu safar taniqli insayder Twitter'da yangi smartfonning kamera xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda iXBT sayti xabar bermoqda.Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Honor V30 nafaqat Sony IMX686 sensori bilan jihozlangan dunyodagi birinchi smartfon, balki uch karra optik stabilizatsiyaga ega yagona model bo‘ladi! Honor V30 Pro'da faqat uchta datchik bo‘ladi. Ularga qo‘shimcha ravishda, 3D ToF kamera moduli ham qo‘llanadi. Qo‘shaloq stabilizatsiya tizimi unchalik yangilik emas, chunki bu tizim Xiaomi CC9 Pro/Mi Note 10'da allaqachon qo‘llanilgan, ammo uchta kamerali modul hali mavjud emas edi.

Manba shuningdek, Honor V30 hajmiga ko‘ra Honor 9X'ga o‘xshashligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, u diagonali 6,59 dyuymga teng ekran bilan jihozlangan edi.

Honor'dagilar taqdimoti yaqinlashib kelayotgan mahsulotining o‘ziga xosligihaqida hali ma’lumot berganicha yo‘q. Yana shuni aytish mumkinki, smartfonning birinchi modeli Kirin 980 asosida ishlaydi, Kirin 990 5G esa keyingi modeli uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘QING: 5G'li Redmi K30 qachon chiqishi aytildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!