Flagman ikkinchi marta hafsalani pir qildi!

Flagman ikkinchi marta hafsalani pir qildi!

JerryRigEverything nomi bilan tanilgan YouTube'chi Zekning navbatdagi chidamlilik sinovi qurboni anchayin reklama qilingan Google Pixel 4 XL smartfoni bo‘ldi.

Qurilma tirnash sinovidan bozordagi boshqa telefonlar kabi o‘tadi. YouTube'chi smartfonning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tib, ekranni olovga tutadi.

Lekin qayirish testiga navbat kelganda, natijalar chappasiga ketib, Pixel 4 XL yengil bosim ostida darz ketadi. Qizig‘i, telefon orqa tomondan o‘tkazilgan bosimga bardosh beradi, ammo ekran tomoni qayrilganda esa ikki joydan sinib ketadi. Zekning fikricha, antenna joylashgan joy smartfonning, o‘z ma’nosida, nozik nuqtasidir. Eslatib o‘tamiz, ilgariroq iPhone 11 Pro Max bilan tezlik borasida ham taqqoslab ko‘rilganda, Pixel 4 XL yutqazgan edi.

Ming marta gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal. Mana, o‘zingiz ko‘ring:

O‘QING: Tezlik zavqi: Pixel 4 XL tezroqmi yoki iPhone 11 Pro Max'mi? (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.