Flagman iPhone rekord darajada arzonladi

Flagman iPhone rekord darajada arzonladi

Ferra.ru saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasining flagman smartfoni narxi deyarli 25 foizga pasaydi.

O‘QING: Qaysi iPhone'lar eng ko‘p sotilyapti?

Aytilishicha, sotuvlar boshlanishida iPhone 12 Pro Max smartfoni 110 ming rublga sotilgan bo‘lsa, endi uni rekord darajadagi arzon narxda — 83 ming rublga sotib olish mumkin.

Manbalarga ko‘ra, model uzoq vaqt davomida tanqis bo‘lgan, shuning uchun uning qiymati asta-sekin tushib ketgan.

iPhone 12 Pro Max 6,7 dyuymli OLED ekrani, 3,687 mAs sig‘imli akkumulyator, uch modulli kamera va Apple A14 Bionic chipi bilan jihozlangan.

Avvalgi avlod flagmani iPhone 11 Pro Max ham arzonlashdi. 64 Gb xotirali modelni 70 ming rublga olish mumkin.

O‘QING: Bloomberg: Apple yangi iPhone'lardan 90 milion dona ishlab chiqaradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!