Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

  •   DiMaX
  •  639
  •  14.08.2020 12:50

Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

 Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi kuni kecha eng zo‘r – Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (yoki Redmi K30 Ultra) flagmanini taqdim etgan edi. Mazkur qurilma MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000+ protsessori bazasida ishlaydi.

O‘QING: AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

Xiaomi’ning yubiley flagmanlari namoyishidan so‘ng mutaxassislar yetakchi chipsozlarning bozorga chiqib ulgurgan flagman protsessorlarini turli benchmarklarda yana sinab ko‘rishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 chipseti baribir eng zo‘ri bo‘lib turibdi. Lekin MediaTek Dimensity 1000+ natijalari kishini hayratga soladi – u deyarli barcha sinovlarda Huawei kompaniyasining Kirin 990 5G protsessoridan ustun kelgan!

Mana, AnTuTu servisiga ko‘ra eng kuchli chipsetlarning samaradorlik natijalari:

Geekbench servisidagi sinovlar ko‘rsatkichlari:

3Dmark benchmarkiga ko‘ra:

GFXBench samaradorlik sinovi:

Yuqoridagi grafiklarda ko‘rib turganingizdek, Snapdragon 865 barchasida tengsiz, lekin ayrim testlarda Dimensity 1000+ unga ancha yaqin natija ko‘rsatgan. Kirin 990 5G esa faqatgina Geekbench servisidagi ko‘p yadroli sinovda MediaTek flagmanini yenga olgan, qolgan testlarda u uchinchi o‘rinda.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Dimensity 1000+ protsessori samaradorlik bo‘yicha Snapdragon 865 chipsetiga ancha yaqin, lekin undan 40–50 foizga arzon. Kirin 990 5G esa ular bilan bellasha olmay qolyapti; shunday ekan, xitoylik texnogigant o‘zining navbatdagi smartfonlari uchun MediaTek platformalarini tanlasa yutqazmaydi.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!