«Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  1824
  •  07.05.2019 15:44

«Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

Smartfonlar bozorida yirik kompaniyalar (ba’zan bundayroqlari ham) o‘z raqobatchilarini masxaralash holatlari uchraydi. Apple, Microsoft, Asus, Samsung, Huawei, OnePlus kabi kompaniyalarning shunaqa harakatlari haqida ko‘p yozganmiz.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

Xitoylik texnogigant esa janubiy koreyalik raqibini mazax qilishning antiqa yo‘lini topdi. Ya’ni, Avstraliyaning Brisben shahridagi savdo markazida joylashgan Samsung savdo nuqtasining naq ustiga Huawei P30 Pro flagmanining ulkan reklama plakatini ilib qo‘ydi!

Huawei buni ataylab qilganmi yoki shunchaki qulay reklama joyi tasodifan Samsung savdo nuqtasi ustiga to‘g‘ri kelib qolganmi – bunisi noma’lum. Lekin juda qoyilmaqom trolling, nima dedingiz?

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizdan ayni mana shu Huawei P30 Pro flagmanini 10 089 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Umuman, bu kompaniyaning turli smartfonlarini 860 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish, turli rusumlardagi Samsung telefonlarini esa 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Apple 20 yil avval raqiblari ustidan qanday kulgandi? (3 ta video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.