Flagmanchasiga AMOLED-ekranli Galaxy A50’ning yangi jihatlarini FCC oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  1491
  •  12.02.2019 17:11

Flagmanchasiga AMOLED-ekranli Galaxy A50’ning yangi jihatlarini FCC oshkor etdi

Samsung kompaniyasining o‘rta narx toifasiga mansub Galaxy A50 modelining ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalgan. Ammo hozirgacha uning qanaqa ekranga ega ekanligi mavhum edi.

O‘QING: O‘rta narxli Galaxy A50: «jonli» suratlar, Geekbench natijasi va xususiyatlar

Bugun – 12 fevral sanasida AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida Galaxy A50 modeli testdan o‘tkazilganligi haqida qayd paydo bo‘ldi. Shu tufayli mazkur smartfonning ayrim texnik jihatlari aniqlandi.

FCC bazasidagi ma’lumotga ko‘ra, Galaxy A50 smartfonining bo‘yi va eni tegishlicha 158,5 va 74,5 millimetrga teng. Korpusning o‘zi diagonaliga 165 millimetrlik, ekrani esa diagonaliga 158 millimetrlik yoki 6,22 dyuymlik keladi. Garchi o‘rta narx toifasidan bo‘lsa-da, bu gadjet displeyida xuddi flagmanlardek AMOLED-matritsa qo‘llangan.

Shuningdek, FCC hujjatlarida ta’kidlanishicha, bu smartfon yangicha – Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 5.0 modullariga ham ega. Galaxy A50 jamlanmasida 15 vattlik quvvat bilan zaryadlovchi EP-TA200 quvvatlash uskunasi ham bor.

Galaxy A50 yaqin orada rasman namoyish etilsa kerak, allaqachon bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.