Flagmanlardan a’lo: Galaxy A90 smartfoni Snapdragon 855 chipiga va 48 MPlik «uchko‘z» kameraga ega!

  •   DiMaX
  •  1795
  •  26.06.2019 10:10

Flagmanlardan a’lo: Galaxy A90 smartfoni Snapdragon 855 chipiga va 48 MPlik «uchko‘z» kameraga ega!

OnLeaks nikli insayder Galaxy A90 smartfonining yangi – Galaxy R turkumi doirasida taqdim etilishini aytgandi. Kecha u ushbu qurilmaning ayrim texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

O‘QING: Galaxy A90 – kamida uchta jihatiga ko‘ra flagmanlardan ham zo‘r 5G-smartfon!

Unga ko‘ra, Galaxy A90 ikki xil versiyada chiqadi; ularning model raqamlari esa SM-A908 va SM-A905 tarzida qayd etilgan. Bulardan birinchisi 6.7 dyuymlik displeyga, Qualcomm kompaniyasining flagmancha Snapdragon 855 protsessoriga hamda 48 + 8 + 5 megapiksellik uch modulli bosh kameraga ega. Uning asosiy o‘ziga xosligi esa 5G-modem bo‘ladi.

SM-A905 model raqamli versiyasi ham xuddi shunday ekran va protsessor bilan jihozlanadi, lekin uning uch sensorli kamerasi 48 + 12 + 5 megapiksellik datchiklardan iborat. Bu modelda yana umuman yangi – Tilt OIS funksiyasi ham bo‘ladi, deyapti OnLeaks, ammo uning nima ekanligi hozircha noma’lum.

Shuningdek, flagmanlardan ham a’lo Galaxy A90 smartfonlarining qachon taqdim qilinishi ham aniq emas. Allaqachon global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!