Fleshkadan foydalanish qoidalari

Fleshkadan foydalanish qoidalari

Kompyuter texnologiyalari rivojlanib, hayotimizga turli yangi qurilmalar kirib keldi. Shulardan biri flesh kard yoki qisqaroq aytganda fleshka. Mazkur qurilma ham xuddi soat yoki telefon kabi barcha uchun birdek zaruriy buyumga aylanib ulgurdi.

Flesh kardlarning dastlabki namunasi 1984 yilda Fudzi Masuoka tomonidan yaratilgan. Fleshkadan ma’lumotni o‘chirish jarayoni fotochaqnoqqa o‘xshagani sabab, muallif o‘z ixtirosini “flesh” deb nomlaydi.

Zamonaviy fleshkalar esa 2000 yilda paydo bulgan. Dastlab ular 8 megabayt xotiraga ega edi. Va bu o‘sha davr uchun katta ixtiro hisoblangan. Tasavvur kiling, 8 MB—bu 4000 betga yaqin matn yoxud bir daqiqadan kamroq video tasvir degani. Bugungi kunda biz uchun oddiy sanalgan standart fleshka esa 6 Gb xotiraga ega. U 36 soatlik video tasvirni yoki butun bir virtual kutubxonani o‘z ichiga olishi mumkin.

Zamonaviy texnologiyalar hamisha rivojlanishda. Kundan-kunga yangi ko‘rinishdagi katta hajmli xotiraga ega fleshkalar yaratilyapti. Ishlab chiqaruvchlarning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy fleshkaga 100 000 martagacha ma’lumot yozish mumkin ekan. Raqamlarga e’tibor qaratsak, kuniga o‘rtacha 10 marotaba ishlatilgan fleshka sizga oz emas, ko‘p emas 27 yil xizmat kilishi mumkin. Bu, albatta, undan qanday foydalanishingizga bog‘liq. Qanday deysizmi? Diqqat bilan o‘qing:

Fleshkangiz sizga uzoq xizmat qilishini istasangiz, ushbu oddiy qoidalarga amal qiling: birinchidan, fleshkani ehtiyotkorlik bilan ishlatish zarur: kutilmagan zarbalar, namlik yoxud kuchli elektromagnit maydonlaridan uzoqda saqlang.Fleshkani kompyuter yoqilishidan oldin yoki opersion tizim ishga tushirilgandan keyin ishlating. Aks holda operatsion tizim fleshkani aniqlay olmasligi mumkin.

Fleshkada turli amallarni bajarish tavsiya etilmaydi. Ma’lumotlarni avval qattiq diskka yozib, tahrir kilib, so‘ngra fleshkaga ko‘chirish lozim. Yoki aksincha, fleshkadagi ma’lumotlarni o‘zgartirishga ehtiyoj sezilsa, avval uni qattiq diskka ko‘chirib, so‘ng ishlash lozim. Unutmang, fleshka ma’lumotlarni tashish hamda vaqtinchalik saqlashga mo‘ljallangan. Fleshkangizni viruslardan tozalashni kanda qilmang.

Barcha amallarni yakunlagandan so‘ng, “qurilmaning xavfsizligini ta’minlash” funksiyasidan foydalaning. Buning uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, kontekst menyudan «USB qurilmani xavfsiz chiqarish»ni tanlaysiz. Agar USB qurilmani chiqarishda muammo yuzaga kelsa, “amalni hozirda bajarashning iloji yo‘q» degan yozuv chiqsa, demak, ba’zi fayllar ochiq qolgan. Ularni yopib, amallarni qayta bajaring. Doim ushbu qoidalarga rioya qilsangiz, jajji do‘stingiz fleshka sizga uzoq va hech bir muammosiz xizmat qilishi aniq.

Qiziqarli ma’lumot: fleshkani uzoq xizmat qilishi uchun uni muzlatkichda saqlash kerak ekan! Chunki yuqori harorat fleshkaga salbiy ta’sir etadi, past harorat esa aksincha.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!