«Fleshkani yeb qo‘ygan» hokimlik vakilini haqorat qilganlar qamaldi

  •   DiMaX
  •  638
  •  23.06.2021 11:02

«Fleshkani yeb qo‘ygan» hokimlik vakilini haqorat qilganlar qamaldi

Yaqinda biz Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi shu tumanga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini chaynab, yo‘q qilgani haqida yozgan edik. Mazkur tuman hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu xodimga nisbatan noo‘rin harakatlar sodir etgan shaxslarga chora ko‘rilgan.

O‘QING: Yangicha standartdagi Super SIM-karta chiqdi – endi fleshkaning keragi yo‘q!

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Ishtixon dehqon bozorida 14 iyun kuni «Mening yurtim» telekanali muxbirlari va Ishtixon tuman hokimining matbuot kotibi Ilhomjon Boboyev bozordagi holatni o‘rganishgan. Shu vaqtda 1992 yilda tug‘ilgan N.O. va 1988 yilda tug‘ilgan M.U. jurnalistlar bilan bo‘lgan holatni, hamda o‘rtadagi vaziyatni anglamagan holda I.Boboyevga nisbatan noo‘rin harakatlar sodir etib, haqorat qilgan. Shuningdek, hokimlik xodimining xizmat faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashgan.

O.N. va U.M.ga nisbatan MJtKning 183-moddasiga ko‘ra 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, ularga nisbatan qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun har bir kunga eng kam ish haqining 15 foiz miqdorida davlat daromadiga pul undirilishi ham belgilangan.

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?