Fly Internet – reklamani bloklovchi va VPN’li, bepul Android-brauzer!

  •   DiMaX
  •  2060
  •  27.12.2018 17:18

Fly Internet – reklamani bloklovchi va VPN’li, bepul Android-brauzer!

Asosan hamyonbop smartfonlar ishlab chiqaruvchi Fly kompaniyasi dasturiy ta’minot borasida ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. U o‘zining Fly Internet nomli mobil ilovasi – Android tizimli qurilmalarga mo‘ljallangan brauzerni taqdim etdi.

O‘QING: Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

O‘nlab raqobatchilari orasida Fly Internet uchta xususiyati bilan ajralib turadi: o‘zida mavjud VPN, reklama bannerlarini bloklash hamda maxsus maxfiy rejim.

Fly Internet ilovasida brauzerning o‘ziga ham, undagi maxfiy varaqa (vkladka)larga ham parol qo‘yish mumkin. U saytlar kontentini reklamasiz rejimda ko‘rishga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olishga ham imkon beradi. Shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza etishga mo‘ljallangan maxfiy rejimda esa hech qanday ma’lumot saqlanib qolmaydi, chiqqandan so‘ng kirishlar tarixi tozalanadi va saytlardagi statistikani kuzatish funksiyasi cheklanadi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, Fly Internet brauzerini yaratishda undan har qanday qurilmada ham foydalanish qulay bo‘lishiga, ekranning foydali maydonini kattaytirishga asosiy e’tiborni qaratishgan. Masalan, sahifalarni ko‘rayotganda jihozlar paneli pastga yig‘ilib turadi, prevyu rejimida esa oddiy va maxfiy rejimlardagi varaqalar alohida-alohida ko‘rsatiladi.

Bepul Fly Internet ilovasini mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olish mumkin.

O‘QING: Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!