Foydalanuvchilar iPhone 6S dan shikoyat qilmoqda

Foydalanuvchilar iPhone 6S dan shikoyat qilmoqda

Rekord darajada sotilgan iPhone 6S va 6S Plus xaridorlari smartfonlarning ayrim kamchiliklaridan shikoyat qila boshladi. Aksariyat Apple foydalanuvchilari gadjetlardagi bir xil nuqsonlardan noligan.

Ma’lum bo‘lishicha, smartfonning Home tugmasi qizib ketmoqda. Eslatib o‘tamiz, yangi avlod smartfonlariga daktiloskopik skanerning ikkinchi versiyasi o‘rnatilgan. Ekspertlar fikricha, qizishning sababi barmoq izlarining surunkali va noto‘g‘ri skaner qilinishi bo‘lishi mumkin. Gadjet egalari iPhone’ni qayta o‘chirib-yoqish muammoni hal qilishini aytmoqda.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar smartfonning quvvat tugamagan holatda ham o‘z-o‘zidan o‘chib qolayotganini ta’kidlayapti. Bu holat 128 GB xotiraga ega iPhone 6S’da kuzatilgan. Smartfon yoqilgach esa, manba 1-2 % foiz quvvat yo‘qotgan.

Muammolar qatorida yana dinamikadagi qusurlar, gaplashayotgan yoki musiqa tinglagan chog‘dagi ovoz buzilishlari, ringtonlarning sozlamada ko‘rsatilgan miqdorda baland emasligi sanalgan.

Shuningdek, ilk bor iPhone’larda qo‘llanilgan, barmoqni qattiq bosganda ishlaydigan 3D Touch texnologiyasi ham talab darajasida emas. Qolaversa, Safari brauzeridan foydalanishda ham ma’lum qiyinchiliklar bor va smartfon qayta o‘chirib yoqilganidan so‘nggina bu muammo bartaraf etilgan.

Agar sizda ham shunday muammolar yuz bergan bo‘lsa, o‘z fikrlaringizni qoldiring.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!