Forbes: Amazon asoschisi yilning eng omadli milliarderi

Forbes: Amazon asoschisi yilning eng omadli milliarderi

Amazon internet-riteyleri asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos Forbes tuzib chiqqan “2015 yilning eng omadli milliarderlari” reytingida birinchi erinni egalladi. Kompaniya joriy yilda $29 mlrd. daromad qilgan va hozirda uning g‘aznasi $58 mlrd deb baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda mashhur ijtimoiy tarmoq—Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg qayd etilgan. U 2015 yilda $11,2 mlrd foyda ko‘rgan va ayni paytda uning “cho‘ntagi”da $45,6 mlrd puli bor.

Larri Peyj, ya’ni Google`ni ochgan milliarder uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Yillik daromadi $9,2 mlrd, umumiy mablag‘i qiymati esa $37 mlrd deb ma’lumot berilmoqda.

Aytish kerakki, Amazon dunyo bozorida o‘z mahsulotlari va xizmatlarini internet orqali sotish sohasida yetakchi va muhim o‘ringa ega bo‘lgan kompaniya sanaladi. Brend birinchilardan bo‘lib 1994 yilda ilk on-layn xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan. O‘shanda dastlab foydalanuvchilarga kitoblar taklif qilgan bo‘lsa, hozirda 34 ta yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya AQShdan tashqari dunyoning yana 10 ta mamlakatida o‘z filialini ochgan.