«Forbes» eng yosh kriptomilliarderni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  679
  •  05.05.2021 14:55

«Forbes» eng yosh kriptomilliarderni e’lon qildi

Rossiyalik Vitaliy Buterin — dunyodagi eng yosh kriptomilliarder. Bu haqda «Forbes» ma’lumotiga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Ilon Mask bir kunda $7 milliardga boyidi – u yana eng badavlat kishiga aylanishi mumkin!

27 yoshli Buterinning hisobida jami qiymati $1 mlrd.dan oshuvchi 333 520 token bor. Hozirda bir tokenning narxi — 3348,8 dollar.

Buterin Ethereum blokcheyn-platformasi va raqamli valyutasining (Efir) asoschilaridan biridir. Valyuta narxi 3 may kuni keskin yuqorilab ketdi, bungacha eng yuqori narxi 2021 yilning yanvar oyida qayd etilgandi: $1440. Ushbu valyuta qiymati yil davomida 325 foizga oshgan.

Ethereum — bozor qiymati bo‘yicha jahondagi ikkkinchi yirik kriptovalyuta, jami tokenlar yig‘ilsa $389 mlrd.ni tashkil etadi.

Jahonning «birinchi raqamli» kriptovalyutasi — bitkoin kapitali jami $1,05 trln.ga teng.

O‘QING: O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda