Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2410
  •  07.08.2020 12:18

Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Microsoft korporatsiyasi TikTok servisining Amerika bo‘linmasini xarid qilish bo‘yicha boshlagan muzokaralar Donald Tramp tahdidi sababli bu to‘xtatib qo‘yilgan edi. Prezident bu servisni 45 kun ichida butunicha biror AQSh kompaniyasiga sotishlarini talab qilgan.

O‘QING: TikTok talash bo‘lyapti – unga Apple ham talabgor!

Bu orada Forbes ushbu servisda eng ko‘p daromad qilayotgan blogerlar reytingini e’lon qildi. Unga kirgan TikTok yulduzlarining har biri iyungacha bo‘lgan 12 oy mobaynida 1 million dollardan oshiq daromad qilgan.

Birinchi o‘rinni Eddison Rey Isterling egallagan – raqsli videolari bilan u keyingi bir yilda naq 5 million dollar ishlab topgan ekan! Qizning qisqa roliklari o‘tgan yilning kuzidayoq million nafardan oshiq fanat to‘plagandi. Dekabrda esa u o‘zining barcha vaqtini TikTok’ka bag‘ishlash uchun Luiziana universitetidagi o‘qishini tashlagan!

Isterling o‘z mashhurligidan foydalanib, Reebok hamda soat ishlab chiqaruvchi Daniel Wellington kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. O‘tgan oyda esa u American Eagle kiyim brendining yuziga aylangan va Spotify servisida onasi bilan birga haftalik podkast yurita boshlagan. Bulardan tashqari, Isterlingning pardoz mahsulotlari yo‘nalishidagi Item Beauty nomli o‘z brendi ham bor.

O‘QING: Instagram pul berib TikTok’dagilarni yangi servisiga og‘dirib olmoqchi!

Forbes reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Charli va Diksi D'Amelio ism-familiyali opa-singil egallagan. TikTok orqali ular bir yilda tegishlicha 4 million va 2,9 million dollar ishlab olishgan. Charli kechki shoularda qatnashgan, Prada brendi uchun Parij moda haftaligini TikTok’da yoritib borgan. 16 yoshga to‘lishini esa u o‘z qiyofasi tushirilgan, 60 dollarlik tolstovkalar chiqarish bilan nishonlagan.

Diksining faoliyati ham Charliniki bilan bog‘liq – opa-singillar bir-birining roliklarida suratga tushishadi va birgalikda shartnomalar imzolashadi. Shu bilan birga, Diksi xonandalikda ham karera boshlagan uning “Be Happy” nomli ilk qo‘shig‘i iyunda chiqib, YouTube trendlarida birinchi o‘rinni olgan.

Forbes reytingiga yana Loren Grey (bir yildagi daromadi $2,6 mln), Josh Richards ($1,5 mln), Maykl Le ($1,2 mln) kirgan. To‘liq reyting va eng serdaromad tiktokerlarning faoliyati bilan mana bu havola orqali (rus tilid) tanishish mumkin.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!