Ford Carr-E: elektrda harakatlanadigan transporter

Ford Carr-E: elektrda harakatlanadigan transporter

IXBT saytining xabar berishicha, AQShning Ford kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Ford Last Mile Mobility Challenge tanlovining finalchilari ma’lum bo‘ldi. Tanlov shahar sharoitida qulay harakatlanishga yordam beradigan yangi yechimlarni aniqlashga bag‘ishlangan. Tanlovda jami 633 loyiha ishtirok etgan. Finalchilar orasida Carr-E nomli 120 kilogrammgacha bo‘lgan yukni ko‘tarishga qodir personal transporter ko‘pchilikning e’tiborini jalb qildi.

Transporter yig‘iladigan konstruksiyaga ega bo‘lib, uni avtomobilning zaxira g‘ildiragi o‘rniga joylashtirish mumkin. Elektrda harakatlanadigan transporter bitta zaryadda 22 km masofa bosishga mo‘ljallangan. Gadjet foydalanuvchining qo‘lida yoki cho‘ntagida joylashgan mayoqcha ortidan harakatlanadi. Maksimum tezligi soatiga 18 kilomertni tashkil qiladi.

Tanlov finalidan Triciti nomli elektrovelotsiped ham o‘rin olgan. U xarid uchun arava va golfmobilga o‘zgarishi mumkin.

TriCity

Shuningdek, elektrli, avtomobilga o‘zi joylashadigan eChair nomli kursi ham finalchilar qatoriga kirgan. Ushbu loyihalar Ford tomonidan kelajakda amalga tatbiq etiladi.

eChair